27/10/2022

Toshkent viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshiga mamlakatimizda texnikumlarda 270 nafar o‘qituvchilar bo‘lib, bu o‘tgan o‘quv yiliga (50 nafar) nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir. Hududlar kesimida eng ko‘p o‘qituvchilar Olmaliq shaharda – 67 nafar, eng kami – Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida – 3 nafar qayd etildi.

2021/2022 o‘quv yili boshida Toshkent viloyatidagi texnikumlarda 7,8 ming talaba tahsil olmoqda, eng yuqori ko‘rsatkich Olmaliq shahrida (1,89 ming), eng past ko‘rsatkich Quyi Chirchiq tumanida (0,15 ming) qayd etilgan.