27/10/2022

Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Koreya statistika idorasi va uning ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan masofaviy tarzda uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari hamda Koreya statistika idorasi vakillari ishtirok etdi.

 Ushbu tadbir Davlat statistika koʻmitasi va Koreya statistika idorasi oʻrtasida 2011-yil 24-avgustdagi statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan memorandumiga doirasida tashkil etildi.

Ucharashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Bahodir Begalov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarori va mazkur qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Koreya statistika idorasi komissioneri Hun Han ham hamkorlik masalalarida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari  Botir Turayev, Koreya statistika idorasi Malaka oshirish bo‘yicha statistika instituti prezidenti Bo Kyung Kim, Koreya statistika idorasi statistika tadqiqotlar instituti vakili Pilgeun Choining taqdimotlari namoyish etildi.  

Taqdimotlarda institutlarning faoliyati, kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar yo‘lishlardagi tajribalar haqida ma’lumotlar berildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat institutlari o‘rtasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.