27/10/2022

Avval xabar berganimizdek, Joriy yilning 24–27- oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

ICTWEEK UZBEKISTAN — Oʻzbekiston axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan buyon oʻtadigan har yilgi eng yirik va muhim tadbirdir. Anʼanaviy ravishda, ushbu tadbir bir formatda qator ixtisoslashgan tadbirlarni jamlaydi.

Haftalik doirasida sammit, xalqaro forum, ko’rgazmalar, seminarlar va turli taqdimotlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Shuningdek, ushbu haftalik doirasida Davlat statistika qo‘mitasi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi  bo`yicha o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligidagi qo‘mita markaziy apparat xodimlari hamda  Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan yirik kompaniyasi (QULIX) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

ICTWEEK ning asosiy vazifasi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish hisoblanadi. Shuningdek, bu Oʻzbekiston AT-bozorining jozibadorligini xorijiy investorlarga namoyish etish, davlat, kompaniyalar va isteʼmolchilar oʻzaro hamkorligi uchun ideal maydonchadir.