26/10/2022

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning III choragida, o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi savdo sohasida 34,4%ni, sanoatda 32,5%ni, va xizmatlar sohasida 32,5%ni tashkil etdi. Shuningdek iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi savdoda 63,6 %ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 61,1 %ni, xizmatlar sohasida 59,4 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p kuzatuvida ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalar Zangiota (258 ta), Qibray (188 ta), Toshkent (147 ta), Chirchiq shahar (132 ta), Angren shahar (110 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.