30/09/2022

Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma rahbarlari va statistika tizimida uzoq yillar faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

 Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh.Jamoldinov ochib berib, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlarni  kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir yakunida statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari berildi.

Mazkur bayram munosabati bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, ijodiy muvaffaqiyat tilab, samimiy muborakbod etadi.