29/09/2022

Joriy yilning 27-30- sentabr kunlari Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘lim xodimlari tomonidan mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi yuridik shaxslar, xususan tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarlarda yirik tijorat korxonalari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash tashkilotlarning mas’ullariga statistika hisobotlarini to’g’ri to’ldirish va o’z vaqtida topshirish uchun tegishli tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, seminarlar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.