27/09/2022

Joriy yilning 27- sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ikki avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, Davlat statistika qo‘mitasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvni universitet rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich so‘zga chiqib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, tahlil etish, milliy hisoblar tizimining asosiy ko`rsatkichlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi ahamiyati xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, milliy statistika sohasida olib borilayotgan ochiqlik siyosati, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash borasida fikr-mulohaza bildirildi.

Ikki avlod uchrashuvida mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish, bugungi kunda iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi.