Toshkent viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 10 159,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,6 %ga o‘sdi. Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 7 162,3 mlrd. so‘mni (14,5 %ga o‘sdi) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 70,5 % ulushni tashkil etdi.