22/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida 14515,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 7938,6 mlrd. so‘m (jami investitsiyada ulushi 54,7 %) moliyalashtirildi. Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi jamiga nibatan 12,6 % ni yoki 1829,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 87,4 % ni yoki 12685,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida korxona va tashkilotlar mablag‘i 6710,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 46,2 % ni hamda aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,5 % yoki 1228,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi.