15/09/2022

Joriy yilning 15- sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Egamberdiyev va Narx statistikasi bo'lim boshlig‘i M.Mirasrorov hamda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari Sh.Ismailova, L.Suvonqulov bilan birgalikda Toshkent viloyatining Olmaliq va Yangiyo'l shaharlaridagi uyushgan savdo majmaularida INI (iste'mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat  kuzatuvini to‘g‘ri tashkil qilish, narxlar planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonsh hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o‘rganildi. O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya ob’ektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.