12/09/2022

Joriy yilning 12- sentyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahar va Ohangaron tumanida Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari boʻyicha 2-DX  hisoboti bo‘yicha MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARI tomonidan ko‘rsatkichlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda mahalla raislari hamda qishloq xo‘jaligiga oid korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilariga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, yetishtirilayotgan mahsulotlari, chorva mollari va parrandalar hisobotini yuritish yuzasidan ma’lumotlar berildi.