Joriy yilning 31- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi hamda xududiy statistika bo‘limlari foaliyatini tashkil etish masalalarini KOMPLEKS o‘rganish natijalari bo‘yicha kengaytirilgan ochiq sayyor Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida Statistika ishlari dasturi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki tartib joriy qilinganligi to‘g‘risida tushintirishlar berilib, xodimlarni korrupsiya holatlaridan ogoh bo‘lishlari yuzasidan eslatib o‘tildi va tegishli topshiriqlar berildi.