2022- yil 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 3 916 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 %ga oshdi. Jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili – oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar – 5,1 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 90,3 %), yashash bo‘yicha xizmatlarning – 9,8 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 9,7 %) o‘sishidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar - 3 536
Yashash bo‘yicha xizmatlar – 380