19/08/2022

Joriy yilning 19- avgust kuni Adliya boshqarmasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentiligi  mas’ul xodimlari  tomonidan  boshqarma  xodimlariga“ Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pogʻonalarida oʻstirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilishi aytilib, Qonunda davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek davlat xizmati tizimi atroflicha tushuntirib oʻtildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.