19/08/2022

2022- yil 18- avgust kuni Qo‘mita Raisi o‘rinbosari, Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘i va xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining tuman (shahar)larida fuqaroviy shartnoma asosida ishga jalb qilingan registratorlarning ish faoliyati hamda ular tomonidan bajarilayotgan topshiriqlarni sifatli bajarganligi yuzasidan onlayn tarzda yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshliqlari va o‘rinbosarlariga yo‘lga qo‘yilayotgan kamchiliklar va xatoliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularga hududlardagi registratorlar ishini nazorat qilishni kuchaytirish borasida topshiriqlar berildi.