2022– yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 138,7 ming t. kartoshka (2021– yilning yanvar–iyuniga nisbatan 0,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 93,6 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.