10/08/2022

2022-yil yanvar-iyun oyi yakuni bilan 1018,8 mln. AQSh dollari qiymatdagi (2021- yilning shu davriga nisbatan 105,1 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (71,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (9,0 %), turli xil tayyor buyumlar (9,3 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,5 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (3,5 %), shuningdek, mashina va transport asbob-uskunalari (2,8 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.