Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra 9551,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,3 %ga ko‘paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi hududlar kesimida taqqoslanganda, bu koʻrsatkich yuqori bo‘lgan tumanlar:
⚡️Ohangaron - 98,1%
⚡️ Oqqo‘rg‘on - 98,1%
⚡️ Parkent - 97,2%
⚡️ Quyi Shirchiq - 95,4 % tumanlari