08/08/2022

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 43,6 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,6 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (87,5 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 38,1 trln. so‘mni tashkil etdi