04/08/2022

2022- yil yanvar-iyun oylarida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 87,4 %ni yoki 12685,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida korxona va tashkilotlar mablag‘i 6710,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 46,2 %ni hamda aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,5 % yoki 1228,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi.