01/08/2022

Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Qaroriga muvofiq, joriy yilning 1- avgustida barcha tuman va shaharlarda Ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari tomonidan Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlarga o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.
Seminarda registratorlarga sxematik reja, jadval bilan ishlash bo‘yicha tushintirish ishlari olib borilmoqda.