Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O’zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rishva ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Toshkent viloyatining Parkent tumanida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.