Joriy yilning 1-iyulidan respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi. 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun oʻz hududlari miqyosida bevosita masʼul etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.