01/08/2022

Bugungi matbuot anjumanida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 26- fevraldagi 104-son qarori ijrosi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 2024- yilda o‘tkaziladigan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri muhokama qilindi.  

Umuman olganda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri Respublikamizda ilk bor amalga oshirilmoqda.

Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Butunjahon qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish dasturi” talablari asosida amalga oshiriladi.

Tadbir 3 bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich,  2022-2024 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda sinov asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish tashkil etiladi.

Ikkinchi bosqichda 2024- yil bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich 2024-2026 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir birlamchi ma’lumotlar qayta ishlanadi.