25/07/2022

⚡️2022- yillarning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 14 538,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 % ga yuqoridir.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 96,0 %ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,0 %ini tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 19,5 %ni, sanoat tarmog‘i 49,3 %ni, qurilish 5,9 %ni va xizmatlar sohasi 25,3 %ni tashkil qildi.