29/06/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi.

 2022- yil yanvar-may oylarida bu xizmatlarning ulushi 32,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (23,4 %), moliyaviy xizmatlar (13,2 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,9 %), shuningdek, me’morchilik,muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlar (3,6 %)da qayd etildi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 2,2 %ga yetdi.

Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-may oylarida savdo xizmatlari umumiy hajmning 32,0 %ini tashkil etgan. 2021- yilning shu davrida kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi ham eng kichik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan – 2,1 %.