22/06/2022

 O‘zbekiston bo‘yicha 2022 yilning 1-yanvar holatiga ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 26,5 yoshni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

 Qayd etilishicha, hududlar kesimida ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston – 26,1 yosh;
  • Andijon viloyati – 26,4 yosh;
  • Buxoro viloyati – 25,4 yosh;
  • Jizzax viloyati – 26,8 yosh;
  • Qashqadaryo viloyati – 26,8 yosh;
  • Navoiy viloyati – 26,4 yosh;
  • Namangan viloyati – 26,1 yosh;
  • Samarqand viloyati – 26,3 yosh;
  • Surxondaryo viloyati – 26,9 yosh;
  • Sirdaryo viloyati – 27,2 yosh;
  • Toshkent viloyati – 27,1 yosh;
  • Farg‘ona viloyati – 26,1 yosh;
  • Xorazm viloyati – 25,6 yosh;
  • Toshkent shahri – 27,1 yosh