2022- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning barcha tuman va shaharlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 226,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (109,4 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.