14/06/2022

2022- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 62,1 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 4,1 % punktga koʻpaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 109,7 %ni tashkil etgan holda 1957,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Zangiota tumani (230,5 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 11,8 %), Yuqori Chirchiq tumani (161,1 mlrd. so‘m yoki 8,2 %), Nurafshon shahri (159,3 mlrd. so‘m yoki 8,1 %)ga to‘g‘ri keldi.