O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi 197- sonli qaroriga asosan, Toshkent viloyati Parkent tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o`tkazish ishlariga tayorgarlik ko‘rish va amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi .
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich va viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Jamoldinov Maxamatqosimovich hamda hududiy statistika organlari xodimlari, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini tuzish ishlari bo‘yicha xodimlari ishtirok etishdi.
Statistika organlari xodimlari tomonidan xarita o‘rganish ishlari olib borildi va Parkent tumani maxalla yig‘ini faollari xarita o‘rganish ishlarida faol qatnashdilar.