06/06/2022

2022 yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatiga 12,1 ming tonna yangi yoki quritilgan sitrus mevalari import qilindi. Yangi yoki quritilgan sitrus mevalari importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 ming tonnaga oshdi.

Toshkent viloyatiga yangi yoki quritilgan sitrus mevalari eng ko‘p import qilingan davlatlar:

Pokiston - 11231,3 tonna

Xitoy - 354,7 tonna

Misr - 179,5 tonna

Turkiya - 178,9 tonna

Qozog'iston - 122,4 tonna

Qirg'iziston - 60,4 tonna