03/06/2022

Joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari  Ziyayev Zoxidjan Muratovich, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i  N. A. Sheraliyev, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig'i F. Z. Berdibayev  va viloyat statistika boshqarma boshlig`i Shuxrat Jamoldinov Maxamatqosimovich hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich ва  boshqarma boshlig`i Shuxrat Jamoldinov hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri ekanligini, ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida samarali va tizimli ish tashkil etadigan bo‘lsak davlatimizni rivojiga ulkan hissa qo‘shishimizni ta’kidlab o‘tdi.

 

Seminar davomida davlat statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, tizimli nazorat o‘rnatish va sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.