03/06/2022

Joriy yilning 2-iyun kuni Davlat statistika qo'mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i N. A. Sheraliyev, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig'i F. Z. Berdibayev, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Sh. M. Jamoldinov hamda Bekobod shahar  statistika bo'limi boshlig'i E. Urunov ishtirokida Bekobod shahar dehqon bozori va uyushgan savdo majmualarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda un va non mahsulotlari narxi o'rganilib kuzatuv jarayoni tashkil etildi.  Kuzatuv jarayonida qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan tashqari un va qolipli non, shakar hamda o'simlik yog'i narxlari to'liq o'rganildi.