02/06/2022

Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takominlashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq mamlakatimizda 2024- yilda mazkur sohada ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi.

 

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Toshkent viloyatining Parkent tumani hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilandi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida Vazirlar Mahkamasining 197-son qaroriga binoan sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari jadal ravishda boshlab yuborildi.

 

2022- yilning 2- iyun kuni, Davlat statistika qo‘mitasi mutasaddi xodimlari tomonidan Toshkent  viloyatining Parkent tumanida O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, Uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda, sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, Uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlarning vazifalari, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalari tarkibi va unga ma’lumotlarni kiritish tartibi, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini o‘rgatish va yana boshqa bir qancha masalalar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.