18/05/2022

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 6 407,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 %ga yuqoridir.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 95,5 %ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,5 %ini tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 13,3 %ni, sanoat tarmog‘i 54,1 %ni, qurilish 5,7 %ni va xizmatlar sohasi 26,9 %ni tashkil qildi.