28/07/2026

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 7 388 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p sanoat korxonalari Zangiota tumanida – 1 046 ta, Qibray tumanida – 605 ta, Chirchiq shahrida – 470 ta va Yangiyo‘l shahrida – 209 tani tashkil etdi.

2026- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 99 989,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2025- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,4 % ni tashkil etdi.