18/11/2021

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi.Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil boʻlganligi munosabati bilan “bayrogʻim_gʻururim”, “bayroq_30”, “bayroq_kuni” shiori ostida oʻtkazilayotgan oʻziga xos xeshtegda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.