17/06/2026

🏔 Bo‘stonliq tumanida 2026-yilning yanvar–aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1,2 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga oshgan bo‘lib, xizmatlar sohasi tumanning eng faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ko‘rsatadi.

📈 Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 6,5 mln so‘mni tashkil etdi. Bu esa tumanda har bir fuqaro hissasiga o‘rtacha oyiga 1,6 mln so‘mdan ortiq xizmatlar to‘g‘ri kelganini anglatadi.