30/08/2021

Joriy yilning 30- avgust sanasida Toshkent viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, yurt ravnaqi uchun fidokorona mehnati bilan statistika tizimiga o‘z hissasini qo‘shayotgan rahbar va xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:
Toshkent viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Mirsoatov Lazizjon To‘ychiboy o‘g‘li, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i Bekpo‘latov Sherzod Abdujabbarovich, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdukadirov Baxodir Abdusabirovich, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Xudaynazarov Ozod Rajabboyevich, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i Rafikov Djamaliddin Abdunabiyevich, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i Tastanbekov Musirmankul Gabidovich, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i Xalilov Obidjon Adaxamovich, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Xaitmatov Sur’atilla Ravshanovich, Xizmat ko‘rsatish xodimi Sokolova Natalya Gennad’evna “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan, bundan tashqari bir guruh xodimlarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, boshqarmaning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofotlar mamlakatimizda statistika tizimiga o‘z hissasini qo‘shganligi uchun eʼtirof deb bilamiz.
Mukofotlar muborak bo‘lsin!!!