24/07/2026

📊 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 43 810 ta faol tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shundan 36 489 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalarning 83,3 % ini tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich MChJlarni tashkiliy-huquqiy shakl bo‘yicha viloyatdagi eng keng tarqalgan korxona turiga aylantirmoqda.

📌 Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faol tijorat korxonalari tarkibi:

🔹 Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 36 489 ta (83,3 %)
🔹 Xususiy korxonalar – 3 603 ta (8,2 %)
🔹 Oilaviy korxonalar – 3 487 ta (8,0 %)
🔹 Aksiyadorlik jamiyatlari – 46 ta (0,1 %)
🔹 Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar – 185 ta (0,4 %)