05/06/2021

Ana shunday ma'volardan biri Toshkent viloyati Angren shahridagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Ohangaron va Baxt ko'chalari chorrahasida barpo etilishi rejalashtirildi. Barcha qulayliklarga ega bo'ladigan bu jome masjid Toshkent bilan vodiy viloyatlarini bir-biriga bog'lovchi A-373 xalqaro avtomobil yo'li bo'yida 0.70 gektra maydonda barpo etilayotgani yurtimizning ham ichki, ham xalqaro sayyohlik salohiyatini yanada mustahkamlaydi.

Masjidlar Alloh taoloning Er yuzidagi uylaridir. Ular er yuzidagi eng pokiza makonlardir. Minoralardan azon sadolari yangraydi, tavhid kalimalari takrorlanadi. Masjidlar uzra rahmatlar yog'iladi, masjid ahlini sakinat o'rab oladi, masjid ahlining ustiga barakalar yog'iladi.