05/06/2021

Ma'lumki, mazkur korxona dorivor o'simliklar, fitochoylar, fitovanna va boshqa turdagi shifobaxsh muolajalar uchun zarur bo'ladigan xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tog'li hududda etishtirilgan, 100 foizli organik ekologik toza xom ashyodan noyob retsept asosida turli mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Ularni faol qo'llash natijasida muayyan samaraga erishilayotganligi bois, aholi o'rtasida fitoterapiya madaniyati tobora rivojlanib bormoqda. Shuningdek, korxona mahsulotlarining samaradorligi klinik asosda isbotlangan bo'lib, xalqaro sifat sertifikatlari bilan tasdiklangan.

Media-tur davomida OAV vakillari mutaxassislar bilan suhbatlashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.