12/06/2026

 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 58,8 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,6 foizni tashkil etdi.

🔹 Yanvar – 12,2 trln so‘m
🔹 Yanvar–fevral – 25,5 trln so‘m
🔹 Yanvar–mart – 42,3 trln so‘m
🔹 Yanvar–aprel – 58,8 trln so‘m

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarishi izchil o‘sib bormoqda. Bu esa yangi investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va korxonalarning samarali faoliyati natijasidir.