2026-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida ishlab chiqarish sanoati eng yuqori ulushni egalladi.
Yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida mazkur sohada barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 5 014,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu esa viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 38,1 foizini tashkil etdi.



