03/06/2026

2026- yil yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi 2,6 mlrd AQSH dollariga yetdi.

Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 619,5 mln AQSH dollariga yoki 130,8 % ga oshgan.

🌐 Tashqi savdo tarkibi
📤 Eksport — 910,5 mln AQSH dollari
📥 Import — 1 723,3 mln AQSH dollari

🌍 Bugungi kunda viloyat dunyoning 93 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda.

🏆 Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlatlar
 🇨🇳 Xitoy — 33,4 %
 🇷🇺 Rossiya — 18,6 %
 🇰🇿 Qozog‘iston — 11,8 %
 🇹🇷 Turkiya — 4,7 %
 🇹🇯 Tojikiston — 3,4 %