2026-yil 2-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida xodimlar uchun “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev hamda bosh yuriskonsult F. Jo‘rayev tomonidan mazkur dastur va normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmuni hamda ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish” mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan vazifalar doirasida yoritib berildi.





