19/02/2026

 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bu shunchaki raqamlar yig‘indisi emas, balki mamlakatning kelgusi o‘n yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi asosiy poydevordir.

✔️Jarayon doirasida Bo‘stonliq tumanida joylashgan Qoraboy mahallasida ham mahalla “yettiligi” a’zolari xonadonlarga tashrif buyurib, ma’lumotlarni xato va kamchiliklarsiz shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, fuqarolar tomonidan noto‘g‘ri yoki to‘liq to‘ldirilmagan ma’lumotlar zamonaviy planshet qurilmalari yordamida elektron tizimga aniq va ishonchli tarzda kiritilmoqda