03/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Bekobod tumaniga O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari M. Madjidov hamda D.Atakeldiyev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shu bilan birga, aholining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy holati, yashash darajasi va farovonligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasining holati hamda istiqbollarini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlar bazasini xolis va sifatli shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, biriktirilgan vakillar bilan birgalikda tuman hokimligi binosida joylashgan “Ro‘yxatga olish shtabi” faoliyati bilan tanishildi. Mutasaddilarga zarur tushunchalar berildi va mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar holati o‘rganildi.