31/10/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173 sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida “ayrim toifadagi shaxslar”ga oid ma’lumotlarni yig‘ish va so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mutaxassislar aholi shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilarga ayrim kategoriyalarga nisbatan maxsus savollarni qanday yo‘naltirish va ma’lumotlarni qanday aniq qayd etish kerakligi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Seminar davomida shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishda qonunchilik talablariga rioya qilish, ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda elektron axborot tizimlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.