03/10/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 10,0 trln so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (12,2 % ini) tashkil etdi.

Sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 7,5 % ga oshganligi kuzatildi.